1954 yili Yaponiyaning Tokio aeroportida bojxonachilar g‘alati bir yo‘lovchiga to‘qnash kelishdi. U hujjat bo‘yicha ham, tashqi ko‘rinishi jihatidan ham oddiy yevropalik edi. Biroq pasporti qandaydir Tord respublikasiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.
Bojxonachilar hech qachon bunday davlat haqida eshitishmagandi. Yer yuzida Tord degan davlat bo‘lishiga ishonishmasdi ham. Yo‘lovchini ichkariga olib kirib, dunyo xaritasidan Tord davlatini ko‘rsatishni so‘rashdi. Yo‘lovchi erkak esa sira o‘ylab o‘tirmay, Andorrani ko‘rsatdi. Bundan tashqari, yonidagi haydovchilik guvohnomasi, to‘lov plastik kartochkasi ham Tord davlatiga tegishli bo‘lib chiqdi.
Yo‘lovchini to masalaga oydinlik kiritilguncha nufuzli otellardan biriga joylashtirishdi. Qo‘riqchi tayin etishdi. Biroq ertasi kuni ertalab nomerga kirishganda, yo‘lovchidan asar ham yo‘q edi. U izsiz g‘oyib bo‘lgandi. O‘sha-o‘sha Tord davlatidan kelgan bu yo‘lovchini hech kim ko‘rmadi, u to‘g‘risida eshitmadi ham. Yaponlar uni «Imkoniyatlar so‘rovnomasi» kitobiga kiritishdi. Olimlar esa hanuz bir gapni takrorlashadi. Tord davlatidan kelgan o‘sha yo‘lovchi aslida narigi dunyoning vakili. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi