Foto: «Glavkom»
Ukrainada prezident saylovi yaqinlashgani sari nomzodlarning o‘tkir-o‘tkir bayonotlari ko‘paymoqda. Qirq nafardan ko‘proq da’vogarga qaramay, eng yuksak lavozim uchun kurash asosan uch nomzod o‘rtasida kechishi allaqachon oydinlashgan.
Bular – aktyor Vladimir Zelenskiy, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko hamda amaldagi davlat rahbari Pyotr Poroshenko.
Hozircha poyga boshida Zelenskiy bormoqda, Poroshenko esa Timoshenkoni quvib, ikkinchi o‘ringa chiqib olgan.
Yaqinda Ukraina Konstitutsion sudi katta amaldorlarni jinoiy javobgarlikka tortilishi konstutitsiyaga zid, degan ma’noda qaror chiqarganidan so‘ng Zelenskiy shunday bayonot berdi: «Chamasi, hozirgi hukumat xalq va armiyadan ko‘p narsa tortib oladiganga o‘xshaydi. Yo‘q, bunaqasi ketmaydi. Xalqning nonini tuya qilganlar albatta «o‘tirishi» kerak!»
Bu bilan u siyosiy raqibi Poroshenkoga sha’ma qilgani anglashiladi. Darvoqe, Timoshenko xonim ham jim o‘tirgani yo‘q. Faol saylovoldi kampaniyasini o‘tkazish asnosida Poroshenkoga nisbatan impichment jarayonini boshlashini e’lon qilgandi.
Saylovga esa bor-yo‘g‘i bir oy vaqt qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi