Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo mamlakati Yonbyondagi barcha yadroviy ob’ektlarni sanksiyalar qisman bekor qilinsagina yo‘q qilishga tayyor. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra kelishuvlarni imzolamasligini Kim Chen In sanksiyalarning to‘liq bekor qilinishini so‘ragani bilan tushuntirgan.
“Shimoliy Koreya AQSh bilan sammitda haqiqatga yaqin taklif berdi”, deb aytgan Shimoliy Koreya vakili.
Li Yon Xoning ta’kidlashicha, Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarda barcha sanksiyalarni emas, balki fuqarolik iqtisodiyotiga ziyon yetkazuvchilarini bekor qilishni talab qilgan. Uning aytishicha, Pxenyan yadro va raketa sinovlarini to‘xtatish haqida yozma kelishuvni imzolashga tayyor.
Shimoliy Koreya vakili AQSh sanksiyalarni bekor qilish uchun yana bir “shart” qo‘yganini aytdi, biroq bu qanaqa shartligini ma’lum qilmadi.
27-28 fevral kunlari Vetnam poytaxti Xanoyda AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilari sammiti bo‘lib o‘tdi. Birinchi kun ikki yetakchi birga-bir muzokaralar o‘tkazib, so‘ngra lanch o‘tkazishgan.
28 fevralda esa siyosatchilar muzokaralar o‘tgan Legend Metropole mehmonxonasini rejalashtirilgandan erta tark etishgan. Tomonlar birgalikdagi tushlikni bekor qilishgan. Oq uy tomonlar kelishuvga erishmagani, biroq muzokaralarni kelgusida davom ettirish niyatida ekanliklarini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi