Hindiston Yer yaqinidagi past orbitada joylashgan kosmik apparatni muvaffaqiyatli urib tushirib, sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurolga ega dunyodagi toʻrtinchi davlatga aylandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi xalqqa murojaatida maʼlum qildi. Uning chiqishi NDTV tomonidan taqdim etilgan.
Foto: AFP/Narendra Modi
“Hindiston AQSH, Rossiya va Xitoy kabi mamlakatlardan soʻng, kosmik qurolga ega qudratli davlatlar safiga kirdi. Bizning sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurolimiz Yer yaqinidagi past orbitada apparatni muvaffaqiyatli urib tushirdi”, - dedi amaldor.
Bosh vazirning soʻzlariga koʻra, 300 kilometr balandlikda joylashgan sunʼiy yoʻldoshni yoʻq qilish, Hindiston Kosmik tadqiqotlar va ishlanmalar tashkiloti (mamlakat Mudofaa vazirligi tarkibiga kiradi) tomonidan yaratilgan raketa uchirilganidan soʻng “uch daqiqadan kamroq” vaqt ichida sodir boʻlgan.
Modining qayd etishicha, sunʼiy yoʻldoshlarga qarshi qurol sinovlari hech qaysi mamlakatga qarshi qaratilmagan va amaldagi xalqaro qonunlarga zid kelmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi