22:35 / 05.04.2019
2 619

Sloveniyada muxlislar klub rahbariyati uchun futbol maydonida qabrlar kavlashdi

Sloveniyada muxlislar klub rahbariyati uchun futbol maydonida qabrlar kavlashdi
Sloveniyaning “Krshko” futbol klubi muxlislari ularning sevimli jamoasi mamlakat chempionatining musobaqa jadvalida oxirgi o‘rinda borayotgani, klub futbolchilari esa oxirgi marta qachon maosh olganlarini eslay olmasliklaridan bamaylixotir uxlay olmayaptilar. Muxlislar bu muvaffaqiyatsizliklarda klub rahbariyati – prezident Zoran Omers va sport direktori Antoni Vrdikni ayblashmoqda.

Muxlislar shu munosabat bilan “quruq gapdan amaliy ishga” o‘tib, norozilik aksiyasi uyushtirishdi. Ular klub futbol maydonining markazida qabrlar qavlab, uning oldida klub xo‘jayinlari familiyalari bosh harflari – O va V’ni o‘rnatishgan.

1922 yilda tashkil etilgan “Krshko” chempionatning 24-turidan keyin 16 ochko bilan musobaqa jadvalining oxirgi o‘rnini egallamoqda va vaziyatni tubdan o‘zgartirish uchun nazariy imkoniyatlarga ega. Klubni undan bitta oldindagi “Rudar” bilan 9 ochko ajratib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sloveniyada muxlislar klub rahbariyati uchun futbol maydonida qabrlar kavlashdi