19:50 / 19.04.2019
2 503

Al-Jazira telekanali: “Samarqandni har safar yangidan kashf qilasiz”

Al-Jazira telekanali: “Samarqandni har safar yangidan kashf qilasiz”
2019 yilning 16 aprel kunidan boshlab, Qatar davlatining Al-Jazira telekanalida O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish qiluvchi, tarixiy shaharlarga, qadimiy urf-odatlarga bag‘ishlangan turkum ko‘rsatuvlar namoyish etila boshlandi deb yozadi Darakchi nashri.

“Bu galgi ko‘rsatuv “Ibn Battutani hayratga solgan Samarqandning tarixiy obidalari sizni olis o‘tmishga sayohatga chorlaydi”, - deydi videolavha muallifi Mustafa Ozarid.

Temuriylar, xususan, Ulugbek, Bibixonim va Registon majmuasi haqida hikoya qiluvchi bu video 44 000 ga yaqin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘rilgan va o‘n mingga yaqin layk yiqqan.
Videorolikda Samarqandning 2500 yillik tarixga ega Markaziy Osiyodagi eng qadimgi shahar ekanligi va uning qadimiy va go‘zal obidalari O‘zbekistonning buyuk tarixidan guvohlik berishi alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Shuningdek, lavhada Shohi Zinda majmuasida payg‘ambarimiz s.a.v.ning amakivachchalari Qusam ibn Abbos, uning VIII asrlarda Samarqandni fath qilish uchun kelgani va bu yerda dini islomni targ‘ib qilish bilan mashg‘ul bo‘lgani haqida ham atroflicha ma’lumotlar berilgan. Uning qabri yoniga esa keyinchalik shoh va hokim oila a’zolari ham dafn etilgan.

Bu kabi videoroliklar O‘zbekistonning chet davlatlari bilan yaqin do‘stona aloqalaridan dalolat bo‘lib, butun dunyodan xorijiy mehmonlarni yurtimizga chorlaydi.
Muallif aytganidek, “Uzoq o‘tmishga ega dunyoning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Samarqandga har safar kelganingizda uni yangidan kashf qilasiz!”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Al-Jazira telekanali: “Samarqandni har safar yangidan kashf qilasiz”