07:13 / 21.05.2019
4 516

Dunyoda eng ko‘p maosh to‘laydigan shaharlar aniqlandi

Dunyoda eng ko‘p maosh to‘laydigan shaharlar aniqlandi
Ekspertlar dunyoning aholisi eng katta maosh oluvchi shaharlarini ma’lum qilishdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi Deutsche Bank o‘tkazgan tadqiqotga tayanib xabar berdi.

Reytingning 1-o‘rnini birinchi marta San-Fransisko egalladi. Ushbu shaharda o‘rtacha oylik soliqlar chegirilgandan keyin 6,52 ming dollarni tashkil qiladi.

2-o‘rinni avvalgi yetakchi Syurix egallagan, bu yerda o‘rtacha oylik 6,1 ming dollarni tashkil qilar ekan.

3-o‘rinni 4,6 ming dollarlik o‘rtacha oylik bilan Nyu-York, 4-o‘rinni Boston (4,28 ming dollar), 5-o‘rinni Chikago (4,06 ming dollar) egallagan.

Yetakchi o‘ntalikdan London, Sidney, Oslo, Kopengagen va Melburn ham o‘rin olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoda eng ko‘p maosh to‘laydigan shaharlar aniqlandi