Foto: AFP
Dunyoning turli burchaklarida «Koinot ko‘rki — 2020» to‘rtinchi xalqaro go‘zallik tanloviga kasting boshlandi. Sputnikning xabar berishicha, yangi mavsumda loyiha o‘z formatini to‘liq o‘zgartirgan va endilikda tanlov go‘zallik tanlovi sifatida emas, balki go‘zallik va ijod festivali sifatida namoyon etadi.
Tanlovda bo‘yi 165 smdan yuqori, 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy-faol qizlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarning oilaviy ahvoli ahamiyatga ega emas, ammo farzandi bo‘lgan ayollar festivalda ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi.
Ishtirok etishni xohlovchi qizlardan festivalning Beauty of universe saytida anketani to‘ldirish talab etiladi.
Qayd etilishicha, tanlovdagi qizlarning kupalniklarda chiqishlari bekor qilindi, uning o‘rnini ijodiy tanlov egalladi. Tanlov g‘olibalari hay’at a’zolariga turli ilmoqli savollar berishlari, shuningdek, Yer sayyorasi tabiatini asrash hamda dunyoda ezgulik ko‘proq, negativ kamroq bo‘lishi uchun nima qilish lozimligi haqida o‘z videomateriallarini taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.
«2020 yilda ushbu tanlov o‘zining ilk yubileyini nishonlaydi (2015—2020), shu bois xalqaro festival finali Kann, Fransiyada Festivallar va kongresslar saroyida bo‘lib o‘tadi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi