23:43 / 02.06.2019
3 408

Buyuk Britaniyada birinchi marta muslima ayol shahar meri bo‘ldi

Buyuk Britaniyada birinchi marta muslima ayol shahar meri bo‘ldi
Asli kelib chiqishi somalilik bo‘lgan Roqiya Ismoil Islington shahar Kengashining deputatlari tomonidan shu shaharning meri etib tayinlandi.

Roqiya Ismoilning oilasi o‘tgan asrning 80 yillarida Somalidan Buyuk Britaniyaga muhojir bo‘lib ko‘chib kelgan. U bir necha yillardan so‘ng shu yurt fuqarosi bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.2012 yil Roqiya xonim shahar Kengashi a’zosi bo‘lgan. 2018 yilda esa vitse-mer etib tayinlangan.

Roqiya Ismoil o‘zining siyosiy faoliyati bilan mashhur hisoblanadi. U aqliy salohiyatga ega bo‘lgan bolalar va kattalarga yordam beruvchi fondni boshqaradi va diniy jihatlarini inobatga olgan holda muhtojlarga ruhiy ko‘mak berish bilan ham shug‘ullanadi.

Ta’kidlash o‘rinliki, birinchi marta hijobli muslima Buyuk Britaniyadagi shaharlardan biriga mer etib tayinlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada birinchi marta muslima ayol shahar meri bo‘ldi