14:30 / 14.06.2019
2 469

Avstriyada suv toshqini xavfi paydo bo‘ldi (video)

Avstriyada suv toshqini xavfi paydo bo‘ldi (video)
Issiq ob- havo natijasida tog‘lardagi qorlarning erishi Avstriyada suv toshqinlarining vujudga kelish xavfini yuzaga keltirmoqda, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Hozirda mamlakat g‘arbidagi Inn daryosida suv sathi 6 metrga qadar ko‘tarilib ketgani aytilmoqda. Odatda mamlakatda tinimsiz yog‘ingarchilik toshqinlarni keltirib chiqarar edi. Biroq bu safar noodatiy issiq tog‘lardagi qorlarning katta hajmda erishiga sabab bo‘lmoqda. Xavfsizlik nuqtai nazaridan qator ko‘priklarda harakatlanish vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Qutqaruv xizmatlari kuchaytirilgan navbatchilik tartibiga o‘tkazilgan. Ular hozirda qirg‘oqlarni qum to‘ldirilgan qoplar bilan mustahkamlamoqda. Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra yaqin vaqt davomida hududda issiq ob- havo saqlanib turadi. Qolaversa kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berishi mumkinligi aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriyada suv toshqini xavfi paydo bo‘ldi (video)