23:43 / 15.06.2019
4 432

Hindistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli odamlar halok bo‘lmoqda (video)

Hindistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli odamlar halok bo‘lmoqda (video)
Butun mamlakat bo‘ylab havo harorati rekord ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Hozirda mamlakatning markaziy shtatlarida havo harorati o‘rtacha ko‘rsatkichdan Selsiy bo‘yicha 5 gradusga baland ekanligi aytilmoqda. Nyu- Delida termometr ko‘rsatkichlari +48 darajaga qadar ko‘tarildi. Kuchli issiq ichimlik suvi yetishmovchiligini keltirib chiqarmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab qadoqlangan suvga bo‘lgan talab nihoyatda ortib ketgan.

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra oftob urishi va anomal issiq bilan bog‘liq boshqa sabablarga ko‘ra o‘ndan ortiq kishi vafot etgan. Yirik aholi punktlari va shaharlarda asfalt erib ketmasligi uchun suv bilan yuvilmoqda. Shifoxonalarga esa qo‘shimcha konditsionerlar o‘rnatilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli odamlar halok bo‘lmoqda (video)