17:20 / 18.06.2019
3 611

Saudiya Arabistonida aeroportga hujum qilindi (video)

Saudiya Arabistonida aeroportga hujum qilindi (video)
Saudiya Arabistonining ikkita aeroportiga Yamandagi isyonchi husiylar guruhi tomonidan hujum uyushtirildi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonining janubiy qismidagi Jizana va Abxa aeroportlariga dronlar yordamida hujum qilingan. Ushbu hujumlar Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlarining Al-Xodeyda shahri, Taiz, Xadja va Saad provinsiyalaridagi aholi punktlariga aviatsiyasi tomonidan zarba berishiga javob tariqasida amalga oshirilgani aytilmoqda.

Husiylar Saudiya Arabistonini harbiy havo kuchlari 2018 yil dekabrida imzolangan Al-Xodeyda shahrida o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi kelishuvni buzganlikda ayblamoqda. Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvatlovi ostidagi yaman armiyasi va isyonchi husiylar o‘rtasidagi qurolli qarama-qarshilik 2014 yildan buyon davom etmoqda. Ushbu mojaro bugungi kunda sayyoramizdagi eng yirik ijtimoiy inqirozning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 24 mln.dan ortiq kishi – Yaman aholisining 80 %i insonparvarlik yordamiga muhtojdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonida aeroportga hujum qilindi (video)