07:45 / 19.06.2019
2 867

Qozog‘istondagi mitinglarda uch yuzdan ortiq politsiyachi tan jarohati oldi

Qozog‘istondagi mitinglarda uch yuzdan ortiq politsiyachi tan jarohati oldi
Foto: Sputnik
Qozog‘istonda ruxsat berilmagan mitinglarni oldini olish jarayonida 300 dan ortiq politsiyachi jarohatlandi. Ulardan 6 nafar shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Nur-Sulton va Olma-Otada ommaviy norozilik aksiyalari o‘tkazildi. Saylov kunida ikkita yirik shaharda yuzlab kishilar qo‘lga olindi. Dushanba, 17 iyun kuni ham politsiya ko‘plab namoyishchilarni ushladi.

Ommaviy namoyishlarga aholini internet orqali Fransiyada istiqomat qiluvchi «Qozog‘iston demokratik tanlovi» (ekstremistik deb tan olingan) harakati rahbari Muxtar Ablyazov chorladi. U o‘z tarafdorlarini prezident saylovlarini boykot qilishga chaqirdi.

«Uch yuzdan ortiq politsiya xodimlari tan jarohat oldi, hozirgi vaqtda ulardan 6 nafari shifoxonada. Bu 3 sutka – 9, 10, 11 iyun... Politsiya hech qanday maxsus vositalarni qo‘llamadi», — deydi vazir.

Eslatib o‘tamiz, saylov davrida 9 va 10 iyun kunlari Nur-Sulton va Olma-ota shaharlarida o‘tkazilgan noqonuniy mitinglar davomida 700 ga yaqin kishi qo‘lga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istondagi mitinglarda uch yuzdan ortiq politsiyachi tan jarohati oldi