Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yilgi saylovlardan keyin hokimiyat tepasida “kengaytirilgan konstitutsiyaviy vakolatlarga ega” bosh vazir sifatida qolishi mumkin. Bu haqda manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Putinning yordamchilari va maslahatchilari yangilangan davlat dumasi ustidan nazoratni saqlab qolish uchun saylov qonunchiligini 2021 yilgacha o‘zgartirish haqida bosh qotirmoqdalar.
Kreml bosh vazir vakolatlari prezident vakolatlari ziyoniga kengaytiriladigan ssenariyni ko‘rib chiqmoqda. Buning uchun davlat dumasi roziligi va 2021 yilgi parlament saylovlaridan keyin “Yagona Rossiya”ga ko‘pchilik kerak bo‘ladi. Biroq nashrning yozishicha, hamma murakkablik ham shundadir: partiya reytinglari pasayayotgani ortida uning nomzodlari saylovchilarning zaruriy qo‘llab-quvvatlovini olmasliklari mumkin.
Kreml esa saylov qonunchiligini partiya nomzodlari 2021 yilgi saylovlarda mustaqil nomzodlar sifatida ishtirok eta oladigan qilib o‘zgartirmoqchi. Manbalardan birining ta’kidlashicha, partiya reytinglari pasayayotgani ortida Putin bu choralar yordamida prezidentlik vakolatlari muddati tugashiga 3 yil qolganda yangi parlament ustidan to‘liq nazoratni o‘z qo‘liga olishi mumkin bo‘ladi.
Kremlga yaqin ikki manba va “Yagona Rossiya”ning yuqori lavozimli a’zosi bunday ssenariy Putinga 2024 yildan keyin hokimiyat tepasida qolishga imkon berishini tasdiqlagan. Shunda “hukmron partiya raisi va kengaytirilgan vakolatlarga ega bosh vazir” sifatida butun hokimiyat Putin qo‘lida bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi