23:12 / 31.07.2019
3 088

Baykalda 40 ta shaman yomg‘ir chaqirish uchun to‘planmoqchi

Baykalda 40 ta shaman yomg‘ir chaqirish uchun to‘planmoqchi
Foto: News.ru
Buryatiya, Irkutsk va Baykal orti hududlaridan bo‘lgan 40 ga yaqin shaman 4 avgust kuni Sibirda yonayotgan taygaga yomg‘ir chaqirish marosimni amalga oshirish uchun Baykalning Olxon orolida to‘planadi.

«TASS»ning xabar berishicha, bu haqda «Tengeri» mintaqalararo shamanlar tashkiloti boshqaruvi raisi Bair Sirendorjiyev ma’lum qilgan.

Xabarda aytilishicha, Rossiyada umumiy maydoni 100 ming gektardan ortiq 147 ta o‘rmon yong‘inlari o‘chirilmoqda. Bunda yong‘inda qolgan o‘rmonlarning katta qismi uzoq hududlarda joylashgan. Aksariyat yong‘inlar Sibirda — Irkutsk viloyati va Krasnoyarsk o‘lkasida qayd etilgan.

«Olxonda 4 avgust kuni Buryatiya, Irkutsk va Baykal orti hududlaridan bo‘lgan 40 ga yaqin shaman to‘planadi. Ular yonayotgan o‘rmonlarga yomg‘ir chaqirish marosimini o‘tkazadi. Hozirda o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘lgan hududlar aniqlanmoqda», — degan Sirendorjiyev.

Buddaviy ruhoniylari lamalar ham 30 iyulda yonayotgan taygaga yomg‘ir chaqirish marosimini o‘tkazishga tayyor ekanliklarini aytgan, lekin buning uchun yong‘inning aniq joyini bilish kerakligini ta’kidlagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baykalda 40 ta shaman yomg‘ir chaqirish uchun to‘planmoqchi