16:35 / 04.08.2019
3 012

Nur-sultonlik 21 yoshli talaba erkaklar o‘rtasidagi go‘zallik tanlovida Qozog‘iston nomidan ishtirok etadi

Nur-sultonlik 21 yoshli talaba erkaklar o‘rtasidagi go‘zallik tanlovida Qozog‘iston nomidan ishtirok etadi
Foto: «Nur.kz»
Qozog‘iston «Dunyo erkagi-2019» erkaklar o‘rtasidagi xalqaro go‘zallik tanlovida ishtirok etadi, deb yozadi «Daryo» nashri.

Bu mamlakat uchun muhim voqelik hisoblanadi, sababi qariyb 10 yildan beri qozog‘istonlik erkaklar bunday tanlovlarda ishtirok etmayotgan edi, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, xalqaro musobaqaning saralash bosqichida «Mister Kazakhstan-2019» e’tirofiga 30 nafar erkak da’vogarlik qilgan. Ushbu e’tirof nursultonlik 21 yoshli Odilbek Nurakayevga nasib etgan.

Odilbek 6—24 avgust kunlari Filippinning Manila shahrida bo‘ladi. Go‘zallik tanlovi aynan shu shaharda o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nur-sultonlik 21 yoshli talaba erkaklar o‘rtasidagi go‘zallik tanlovida Qozog‘iston nomidan ishtirok etadi