Qirg‘izistonda sud qaroriga ko‘ra sobiq prezident Almazbek Atamboyevning mol-mulki, jumladan “Aprel” telekanali va “Media-Forum” kompaniyasi hibs qilindi.
Bishkekdagi “Media-Forum” binosida Atamboyev tomonidan asos solingan Sotsial-demokratik partiya bosh qarorgohi va “Aprel” telekanali studiyasi joylashgan. Kanal sobiq prezidentning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi uyining shturm qilinishini yoritgandi. Telekanal efiri uzilgach, jurnalistlar voqealarni internetda yoritishni davom ettirishgan.
Shuningdek, tergov sobiq prezident tarafdorlarini so‘roq qilmoqchi. 9 avgustda Sotsial-demokratik partiyaning parlamentdagi fraksiyasi deputatlari Asel Koduranova va Irina Karamushkina hamda sobiq deputat Ravshan Jeenbekov so‘roqqa chaqirtirish haqida chaqiruv qog‘ozlari olishgan.
Partiya siyosiy kengashi a’zosi Farid Niyazov Atamboyev uyida odamlarni garovga olish ishi bo‘yicha ushlangan. Sobiq prezidentning tarafdorlari shturm vaqtida bir necha maxsus jangchini garovga olishgandi. Faridovdan tashqari, qonunsizlikka qarshi milliy shtab boshlig‘i Qiyas Smaliyev ham ushlangan. Sotsial-demokratik partiya a’zosi Qunduz Joldubayeva bir kun ichida 2 marta so‘roq qilingan, u ushbu ish bo‘yicha guvoh sifatida o‘tmoqda. Yuqorida ismi tilga olinganlarning barchasi iyul oxirida Atamboyevni qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan xalq shtabi tarkibiga kirishgan.
Ichki ishlar vazirligiga so‘roqqa Atamboyevning o‘g‘li Seyitbek Atamboyev ham chaqirtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi