13:02 / 15.08.2019
2 751

Filadelfiyada sodir bo‘lgan otishma oqibatida olti nafar politsiyachi jarohatlandi (video)

Filadelfiyada sodir bo‘lgan otishma oqibatida olti nafar politsiyachi jarohatlandi (video)
Skrinshot: Twitter
Amerikaning Filadelfiya shahri shimolida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

Ta’kidlanishicha, otishmada bevosita ishtirok etgan olti nafar politsiyachi jarohat olgan. Shuningdek, yo‘ldan o‘tib ketayotgan ikki kishi yo‘l-transport hodisasiga uchragan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, otishma politsiya giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni qo‘lga olish operatsiyasini o‘tkazayotgan vaqtda yuzaga kelgan. Politsiyaning ta’kidlashicha, jarohat olganlarning hayotiga hech nima xavf tug‘dirmayapti.

Otishma hali ham davom etmoqda. ABC telekanalining ma’lum qilishicha, gumonlanuvchi vaqti-vaqti bilan to‘rttadan oltitagacha o‘q uzmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Filadelfiyada sodir bo‘lgan otishma oqibatida olti nafar politsiyachi jarohatlandi (video)