09:57 / 19.08.2019
2 527

Atambayevning o‘g‘li oilasiga tegishli xatlangan mol-mulklar ro‘yxatini yolg‘on deb atadi

Atambayevning o‘g‘li oilasiga tegishli xatlangan mol-mulklar ro‘yxatini yolg‘on deb atadi
Foto: Tengrinews
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning o‘g‘li Qodir Atambayev oilasiga tegishli mol-mulkning xatlanishiga oid ro‘yxatga izoh berdi, deb xabar qiladi Daryo.

«Bosh prokuratura ataydan otam Almazbek Atambayev va qarindoshlarimizga tegishli mol-mulkning xatlash masalasi orqali jamoatchilikni manipulyatsiya qilmoqda. Almazbek Sharshenovich va oilamiz a’zolariga tegishli 120 ta mulk xususida bayonot bermoqchiman. Oilamizga tegishli deya keltirilgan narsalar aslida bizga tegishli emas, bu kabi yolg‘on xabarlarning media makonga tarqatilishi hukumat uchun qora piar bo‘lib xizmat qilmoqda», — deydi Qodir Atambayev.

Uning ta’kidlashicha, hukumat vakillari ta’kidlagan 120 ta mulkning 101 tasi Atambayevga ham, uning oilasiga ham tegishli emas. «Qirg‘izAvtomash» esa 2007 yildan buyon sobiq prezident oilasiniki emas. «Eng ahmoqonasi, Bosh prokuratura 1996 yilda zavod ishchilariga sotilgan kvartiralarni ham bizning hisobga yozib qo‘ygani», — deya norozi bo‘ladi Qodir Atambayev.

«Hatto Narimon Tyuleyev bankida ham pul mablag‘larimiz borligi ko‘rsatilgan bu yolg‘on ro‘yxatdan hayratga tushdim. ‘Qirg‘iziston’ tijoriy bankida 2002 yildan beri, bankka Sharip Sadibakasov egalik qilgan davrdan buyon hisobimiz bor. Bosh prokuratura barcha banklarni ro‘yxatga qo‘shib tashlagan, ular orasida hatto Pokiston Milliy bankining filiali ham bor. Bosh prokuratura sud qaroridan oldin tortib olingan mashinalar ro‘yxatini e’lon qilishdan ham uyalmay, ular 1990 yillar oxiri va 2000 yillar boshida ishlab chiqarilganini tan olishdan bosh tortdi», — deydi sobiq prezidentning o‘g‘li.

Qodir Atambayev «Aprel» telekanalining banklarda hisob-raqamlari va Jalolobodda mol-mulki yo‘qligini, shuningdek, kanalga tegishi radio va telemarkazlar mavjud emasligini ma’lum qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, otasi mamlakat rivoji uchun shaxsiy mablag‘laridan juda ko‘p pul sarflagan. «Prezident fondidagi 50 million som byudjet mablag‘laridan tashqari, yana 1 milliard 200 million som jalb qilinib, bolalar maydonchalari qurilgan, maktablar uchun kompyuterlar olingan, kitoblar chop etilgan», — deydi Qodir Atambayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atambayevning o‘g‘li oilasiga tegishli xatlangan mol-mulklar ro‘yxatini yolg‘on deb atadi