2 695
Dunyoning eng boy erkaklaridan biri biznesini ayol kishiga topshirishni rejalashtirmoqda
Foto: Nikkei Asian Review
Fast Retailing reteyl-imperiyasi asoschisi va Uliqlo do‘konlari tarmog‘i egasi, Yaponiyaning eng boy tadbirkori Tadasi Yanai o‘z biznesini ayol kishiga topshirishni istamoqda. U bu haqda Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Milliarderning fikricha, ayol rahbarlar talabchanroq va e’tiborliroq hamda “nafis tuyg‘uga ega” bo‘ladilar. Yanai, shuningdek, Fast Retailing’da ko‘proq, 50 foizdan ziyodroq ayollar ishlashini rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda kompaniyada ayollar 6 ta rahbarlik lavozimini egallaydi. Tadbirkorning vorisi Uniqlo’ning Yaponiyadagi rahbari Maki Akayda bo‘lishi mumkin.
Tadasi Yanai Yaponiyaning eng boy tadbirkori hisoblanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 22,2 mlrd dollarga baholanib, milliarderlar jahon reytingida 41-o‘rinni egallaydi. Uning oilasiga Fast Retailing’ning 44 foizi tegishli. Unga tegishli ilk Uniqlo do‘koni 1984 yilda Yaponiyada ochilgan. Hozirda kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 3,2 mingdan ko‘proq do‘koni bor. 2018 yilda tarmoqning savdo hajmi 18,9 mlrd dollarni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi