Amerikadagi o‘zbeklar, 2015 yil
2021 yil uchun «Grin kard» lotereya dasturi 2019 yil 2 oktyabr kuni boshlanib, 5 noyabr kuni tugaydi. Bu haqda AQSh davlat departamenti saytida xabarnoma chiqdi.
Ushbu dastur o‘zbekistonlik uchun begona emas, har yili minglab o‘zbeklar bu lotereyada qatnashadilar. Bu galgi «Grin kard» dasturiga yangi talablar kiritilgani ariza beruvchilar soni keskin kamayishiga olib kelishi mumkin.
Xususan, endi talabgorlar o‘rta maktabni bitirgan bo‘lishi yoki so‘nggi 5 yilda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart etib belgilangan.
Tasodifiy kompyuter dasturi 2020 yil 1 oktyabrdan 2021 yil 30 sentyabrga qadar lotereya g‘oliblarini aniqlaydi.
Quyidagi davlatlar bu yilgi registratsiyada qatnasha olmaydi:
Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Salvador, Gvatemala, Haiti, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va unga tegishli hududlar (Shimoliy Irlandiyadan tashqari) hamda Vetnam.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z chiqishlarida ushbu dastur qoidalarini o‘zgartirishi, talablar kuchaytirilishi haqida bir necha bor aytgandi. Hatto «Grin-kard»ni to‘xtatib qo‘yishni ham ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi