08:17 / 26.09.2019
3 563

1 yilda har kuni ertalab yugurgan odam haqida eshitganmisiz?

1 yilda har kuni ertalab yugurgan odam haqida eshitganmisiz?
Hammamiz sport bilan shug‘ullanamiz va uni yaxshi ko‘ramiz. Kimdir sport zalga boradi, kimdir fitnesga va yana ba’zi insonlar ertalablari yugurishni xush ko‘rishadi.

Lekin, barchamizda rejalashtirilgan mashg‘ulotlarni qandaydir sabablar bilan o‘tkazib yuborgan holatlarimiz bo‘lgan. Ammo, birgina mashg‘ulotni qoldirmasdan, yil bo‘yi muntazam shug‘ullansak qanday bo‘ladi?

Biz buni bir yil har kuni to‘xtovsiz yugurgan afrikalik yigitning misolida ko‘rib chiqamiz.
Bu bola maqsad qo‘yishdan hech qachon qo‘rqmagan.

Xelok Sidibe, bugungi qahramonimiz, g‘arbiy Afrikada tug‘ilgan. Bolaligidan beri, Xelok juda kichik va nimjonligi bilan tengqurlaridan ajralib turgan. Shu sababli, u bolalar futbol klubidagi faoliyatini davom ettira olmadi va bu narsa uni juda xafa qildi. Shunga qaramay, Sidibe baquvvat ko‘rinish va har kuni sport bilan shug‘ullanishga o‘ziga va’da berdi.

Mana 10 yillardan ko‘p vaqt o‘tgandan so‘ng, Sidibe 365 kun ertalab yugurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi va buni uddaladi. Bu mashg‘ulot unga ijobiy o‘zgarishlarni olib kelganini aytish kerak.

Birinchi o‘zgarish, bu Xelokning bo‘yi 4 santimetrga o‘sgani bo‘ldi. Albatta, qomati ham o‘ziga yarasha chiroyli ko‘rinishga kelganini ham qo‘shib ketish mumkin.

"Hayotimda 25-soat paydo bo‘ldi. Jiddiy aytyapman, ko‘proq narsalarni qilishga ulgura boshladim. Juda quvnoq va tetik, shuningdek kunim samarali o‘tmoqda", - deydi Xelok.

Afrikalik yigitning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chellenjni boshlaguniga qadar avvallari bo‘lgan yurak muammolari yil davomida uni bezovta qilmagan. Zaldagi kuch to‘plovchi mashqlarni qilish orqali Xelok chidamliroq bo‘lganini aytib berdi.

Yana u noto‘g‘ri ovqatlanish, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlaridan qutulganini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.
"Bu avtomatik holda yuz bera boshladi", - deydi Sidibe Xelok.

Eng muhimi — mazkur 365 kun yugurish chellenji orqali aqlbovar qilmaydigan irodaga ega bo‘ldi. Ob-havo, o‘zini bezovta qiluvchi omillar va "qulay zona"dan chiqish orqali kuchli ruhiyatni o‘zida tarbiyalay olgani ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda undan endi boshlamoqchi bo‘lgan yangilar so‘rashganida, Xelok dastlabki 30 kunda rosmana qiyin bo‘lishi va shundan so‘ng odatiy holga aylanishi, bu narsa zavq bera boshlashini aytgan.

Siz qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz? Ularni yengib o‘ta olganmisiz?
Nodir Abdurasulov tarjima qildi

Manba: Championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 1 yilda har kuni ertalab yugurgan odam haqida eshitganmisiz?