3 068
Britaniya razvedkasining sobiq rahbari: Saddam Husayn Jak Shirakka millionlab dollar pora bergan
Jak Shirak Fransiya prezidenti lavozimini egallagan vaqtda AQShning Iroqqa 2003 yilda bostirib kirishiga mafkuraviy nuqtai nazardan emas, balki Iroqning sobiq rahbari Saddam Husayndan ko‘p millionlik poralar olgani uchun qarshi bo‘lgan. Bu haqda Britaniya razvedkasining (MI-6) o‘sha vaqtdagi rahbari Richard Dirlavga iqtibos keltirgan holda Daily Mail nashri xabar berdi.
Dirlavning ta’kidlashicha, Shirak Husayndan 6 mln dollar olgani, bu pullarni 1995 va 2002 yildagi saylov kampaniyalariga ishlatganining inkor qilib bo‘lmas isbotlari bor. Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyaning sobiq prezidenti pullarni vositachilar orqali olgan.
Jak Shirak joriy yilning 26 sentyabrida 86 yoshida vafot etdi.
2003 yilda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Iroqqa bostirib kirgan. Buning oqibatida Husayn tuzumi qulagan. Fransiyaning o‘sha vaqtdagi prezidenti bo‘lgan Shirak ushbu harbiy kampaniyaga qarshi chiqqan va BMT Xavfsizlik kengashida unga taqiqlov qo‘yish bilan tahdid qilgan. Bu esa Fransiyaning qator davlatlar bilan munosabati yomonlashishiga olib kelgan. Shirakning tahdidlariga qaramay, Iroqqa qarshi kampaniya BMT ruxsatisiz boshlab yuborilgan.
Husayn 2006 yil 30 dekabrda qatl etilgan. U Al-Dujayl qishlog‘i aholisining ommaviy qirg‘inida aybdor deb topilgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi