16:30 / 06.10.2019
2 150

Biznes elita reytingidan kimlar oʻrin oldi?

Biznes elita reytingidan kimlar oʻrin oldi?
Foto: Getty Images/Larri Fink.
The Vanity Fair nashri oʻtib borayotgan haftada “yangi va eski isteblishment” nominatsiyasining dunyo reytingini tuzib chiqdi. Reytingda eski biznes-gvardiya avlodiga mansub bir qator nomlarni ham oʻqish mumkin. Bu nomlar nafaqat boyligi, balki yillar mobaynida ortirgan nufuzi va taʼsiri bilan ham dunyo taraqqiyotiga sezilarli hissa qoʻshgan.

Roʻyxat boshidan Fox Corporation rahbari, mediamagnat Rupert Myordok oʻrin olgan. Soʻnggi oylarda biznesmen davlatining yarmi – New Corpʻni 71,3 milliard dollarga sotib, yana tillarga tushdi. “Barchasi bolalar uchun: 88 yoshda shuncha davlatni oʻzim uchun ishlatish ancha mashaqqat boʻlsa kerak”, dedi biznesmen.

Roʻyxatning ikkinchi pogʻonasini Apple kompaniyasining bosh ijrochi direktori Tim Kuk egallab turibdi. The Vanity Fair Appleʻning bozor narxini 1 trillion dollarga baholadi. Bu kema notinch toʻlqinlarda osoyishta va dadil suzib ketmoqda, deb taʼriflaydi The Vanity Fair Appleʻning bozor narxini 1 trillion dollarga baholadi. Bu kema notinch toʻlqinlarda osoyishta va dadil suzib ketmoqda, deb taʼriflaydi The Vanity Fair Apple kompaniyasini.

Blackrock kompaniyasining 66 yoshli rahbari Larri Fink Appleʻning ijrochi direktori Tim Kuknikidan-da kattaroq mablagʻga egalik qilmoqda. The Vanity Fair maʼlumotiga koʻra, Blackrock brendi ostida ish koʻradigan moliyaviy kompaniya 6 trillion dollarni nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, Larri Fink Robin Hood xayriya jamgʻarmasi homiylik kengashi aʼzosi sifatida qashshoqlarga begʻaraz yordam koʻrsatib kelmoqda.

Boy va nufuzli shaxslar roʻyxatidan, shuningdek, Yangi Gollivudda boyligini striming texnologiyalari asosida jamgʻargan shaxslar oʻrin olgan.

55 yoshli Ted Sarandos Netflix kompaniyasining rahbari. Netflixʻning 151 million puli bor obunachisi borligini inobatga olsak, Ted Sarandos boshqa millionerlardan ancha ustunligi koʻzga tashlanadi.

Bob Grinblat Warner Media Entertainment kompaniyasi raisi, X-files va Beverly Hills shoularining asoschisi. Ikkinchisining yuzaga kelishi Gollivud siyosiy oʻlchamlariga binoan ham Bobga dovyurak maqomini olib berdi. Ishida bir necha oʻn millionli loyihalari boʻlishiga qaramay, Donald Trampni “zaharli ahmoq” deya atadi. Ana sizga dovyuraklik.

Yangi Gollivud mashurlari roʻyxatining uchinchi oʻrnida eʼtirof etilgan shaxslardani ikki nafari Netflix kompaniyasining ikki omadli investori – Shonda Rayms va Rayan Myorfilar. Nashr maʼlumotiga koʻra, Netflix janob Raymsga 300 million dollar, Myorfi xonimga 150 million dollar moyana toʻlagan. Bu raqamlarning oldida boshqa soʻzlar ortiqcha.
Jahongir Ergashev tayyorladi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Biznes elita reytingidan kimlar oʻrin oldi?