Almazbek Atambayevni uy qamog‘iga o‘tkazish taklifi rad qilindi

  • 07 oktyabr 2019, 20:18
  • 982
  • Dunyo
  • Almazbek Atambayevni uy qamog‘iga o‘tkazish taklifi rad qilindi
    Foto: Google Images
    Qirg‘iziston sobiq prokurori Azimbek Beknazarov mamlakat sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni tergov izolyatoridan uy qamog‘iga o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda «24.kg»ga tayanib Daryo xabar berdi.

    Sobiq prokurorning so‘zlariga ko‘ra, u davlat rahbari Sooronbek Jeenbekov bilan vaqtinchalik hukumat vakillari uchrashuvida Almazbek Atambayevni qo‘yib yuborishni taklif qilgan.

    «Qirg‘izlar hech qachon o‘z hukmdorini ayblab uni hibsda saqlamagan. Bugungi yangi tarixda bu juda noxush holatga aylandi. Men Almazbek Atambayevga qo‘llanilgan jazoni uy qamog‘iga almashtirishni taklif etaman. Nima bo‘lgan taqdirda ham u sobiq prezident. Uni qamoqdan davlat rezidensiyasi hududidagi «Ola-Archa-1» dala hovlisiga ko‘chirish kerak. Davlat rezidensiyasi qo‘riqlanadigan hudud va u yerga hech kim beruxsat kira olmaydi», — deydi Azimbek Beknazarov.

    Shuningdek, sobiq prokuror uning bu fikrlarini vaqtinchalik hukumatning hech bir a’zosi qo‘llab-quvvatlamaganligini ham yashirmadi.

    Ushbu taklifga Qirg‘iziston prezidenti Sooronbek Jeenbekov qanday munosabat bildirgani haqida berilgan savolga Beknazarov Atambayevni hibsga olish davlat rahbarining rejasida bo‘lmaganini aytib javob qaytardi.

    «Prezident tergov organlari uning tergovga kelishini kutgani, Atambayevning Moskvaga borib kelishiga ham to‘sqinlik qilinmaganini aytdi va ‘Endi men bunga aralasha olmayman, tergov va sud qaror chiqaradi’ dedi», — deya Beknazarovning so‘zlarini keltirgan nashr.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Almazbek Atambayevni uy qamog‘iga o‘tkazish taklifi rad qilindi