23:47 / 12.10.2019
2 537

Yangi qonun loyihasi haqidagi xabar Yandeksga 1,5 milliard dollar zarar keltirdi

Yangi qonun loyihasi haqidagi xabar Yandeksga 1,5 milliard dollar zarar keltirdi
AQShning Nasdaq birjasida savdo kuni ochilganidan so‘ng Yandeksning aksiyalari 17 %ga pasaydi. Bunga noyabr oyida Rossiya Davlat Dumasi Internet-resurslaridan foydalanishga doir yangi qonun loyihasi sabab bo‘lmoqda. Kompaniya aksiyalari narxi 1.5 mlrd $ga arzonlab, hozirda umumiy kapitalizatsiyasi 10 mlrd $dan pastladi.

Kecha Davlat Dumasi qonun loyihasini noyabr oyida ko‘rib chiqishini e’lon qildi. Yangi loyihaga ko‘ra, "Internet tarmog‘idagi muhim axborot resursi" tushunchasi amalga kiritiladi va bunday resurslarning ustav fondida "xorijiy sarmoyalar miqdori 20%dan oshishiga" yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni, chet el sarmoyadorlari uchun cheklovlar o‘rnatiladi. Yandeks esa aynan shunday, "Internet tarmog‘idagi muhim axborot resursi" deya tasniflanishi mumkin.

"Hozirgi talqinda u haqiqatan ham asosiy ishtirokchilar uchun jiddiy xavf tug‘diradi", dedi axborot siyosati qo‘mitasi rahbari Leonid Levin. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mitaning vazifasi "xavfsizlik" va "investitsiya"ni yaqinlashtirish hisoblanadi.

"Hech qanaqa muammoni ko‘rmayapman, bugun tushgan bo‘lsa (aksiyaning narxi - tahr.), ertaga oshadi. Sizlarga maslahatim, birorta ushbu qonunga qarshi amaldor topib, undan bayonot oling. Shunda aksiyalaringiz narxi oshadi", - deydi qonun loyihasi muallifi deputat Gorelkin o‘zining telegram kanalida.

VTB bank tahlilchilari fikricha, Yandeks aksiyalari tushishiga sabab qonun loyihasining o‘zidan ham ko‘ra, uning OAVda keng yoritilayotganligidir. Hatto qonun qabul qilinishi so‘roq ostida turganiga qaramay, bir qancha investorlar aktivlarini riskka qo‘yishni istamayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi qonun loyihasi haqidagi xabar Yandeksga 1,5 milliard dollar zarar keltirdi