4 337
Turkiya parlamenti deputati Shirin Unal Nodira Qodirova o‘limi yuzasidan ilk bayonotini berdi
Turkiya xalq vakili, iste’fodagi general Shirin Unal Nodira Qodirova ishi yuzasidan mamlakat parlamentida ilk daf’a izoh berdi.
Hukmron AK partiyasi vakili ko‘ngilsizlik ro‘y bergach, nimalar bo‘lganini jonli efir chog‘ida ochiqladi. Bu haqda Twitter tarmog‘ining Biz10 TV sahifasida ma’lum qilingan.
«Ikki hafta avval xonadonimizda ko‘ngilsizlik ro‘y berdi. So‘zimning avvalida marhumaga Allohdan rahmat tilayman.
Bu bechora qiz yanvar oyida kelgan bo‘lib, 20 yildan buyon to‘shakka mixlanib qolgan bemor rafiqamga qarayotgan ikki xizmatkordan biri edi. Keyingi 2-3 oyda unda ruhiy o‘zgarishlar bo‘layotganini sezib, ikkinchi xizmatchini oldik. Nodira uni ketkazmoqchi edi, o‘zini ketkazdi, Alloh rahmatiga olsin.
Hodisaning 5-daqiqasida politsiya, tez yordam keldi. Ular kelgunga qadar biz kichik qizim bilan u qamalib olib o‘zini o‘ldirgan xona eshigini ochishga urindik. Yelkam hali ham og‘riyapti, afsuski eplay olmadik. 3-4 politsiya xodimi eshikni ochishga urina boshladi va nihoyat ochishdi. Qizni eltgichga qo‘yib tezda shifoxonaga yetkazdilar.
Yarim soatlarda Anqara politsiyasi mudiri yonimizda edi. Bir necha daqiqalardan so‘ng navbatchi prokuror ham yetib keldi. Men har ikkisiga qo‘limdan kelguncha yordam berishimni aytdim.
Oilamizning har bir a’zosi bemor xotinimdan tortib, ikkinchi xizmatchimizgacha, kechaning yarmiga qadar savollarga javob berdik. Prokurorga 15 daqiqa davomida hodisani sizlarga tushuntirayotganim kabi barchasini so‘zlab berdim. So‘ngra prokuror shifoxonaga borib, u yerda ham surishtiruv o‘tkazdi.
Men deputatlik daxlsizligim borligiga qaramay, barmoq izlarimni topshirdim, porox izlari bor-yo‘qligini aniqlash bo‘yicha amaliyotlarini o‘tkazishdi. Alloh hech kimning, sizning ham mening ham boshimizga bunday ko‘rgulikni solmasin», – degan Unalning so‘zlari bilan yakunlanadi videolavha. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi