Foto: EPA
AQSH Mudofaa vazirligi Saudiya Arabistoniga qoʻshimcha harbiy kuchlar yuborilishini maʼqulladi. Bu haqda 11-oktyabr kuni CNN jurnalisti Rayan Braun Pentagonga tayanib, oʻzining Twitterʻida maʼlum qilgan.
“Qoʻshimcha kuch sifatida jami 3 ming nafar odam yuboriladi. Bunday qaror soʻnggi oy davomida tasdiqlangan. AQSH Eron rejimi bilan ziddiyatga bormoqchi emas, ammo biz mintaqada jiddiy harbiy kuchni saqlab qolamiz”, — deya harbiylar bayonotidan iqtibos keltirgan Braun.
Braun AQSH Mudofaa vaziri Mark Esper qirolikka 2 ta qiruvchi eskadrili, 1 ta (AEW) ekspeditsiya qanoti, 1 ta THAAD tizimi va 2 ta Patriot tizimi raketa batareyalarini yuborishga ruxsat berganini ham maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, 11-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda portiga yaqin hududda Eron neft tankeri portlagan edi. Portlash terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan degan taxminlar mavjud, biroq bu borada rasmiy maʼlumot berilmagan.
14-sentyabrga oʻtar kechasi esa Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi — Saudi Aramco obyektlariga dronlar yordamida hujum uyushtirilib, portlash sodir boʻlgandi. AQSH hukumati ushbu hujumni Eron amalga oshirgan deb gumon qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi