21:02 / 22.11.2019
2 759

«Firibgar, korrupsioner, xoin»: Binyamin Netanyahuga ayblov e’lon qilindi

«Firibgar, korrupsioner, xoin»: Binyamin Netanyahuga ayblov e’lon qilindi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu sudlanadigan bo‘ldi. Mamlakat adliya vazirligi kecha, 21 noyabr kuni u firibgarlik, korrupsiya va davlatga xiyonatda ayblanayotganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Azon.uz DW nashriga asoslanib.

Netanyahu o‘ziga bildirilgan ayblovlarni avval bir necha bor rad etgan va unga nisbatan rasman ayblov e’lon qilinadigan bo‘lsa, iste’fo bermasligini aytgan edi.

Ayblovlardan biri Netanyahuning aloqa vaziri bo‘lib ishlagan paytga oid: u Bezeq kompaniyasiga yuridik imtiyozlar bergani va buning evaziga kompaniyaga tegishli OAVda o‘zining faoliyati haqida ijobiy materiallar berilishini talab qilgani aytilmoqda.

Bundan tashqari, Netanyahu va uning oilasi 2007-2016 yillar oralig‘ida ikki tadbirkordan qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, zargarlik buyumlari olgan, sovg‘alarning umumiy qiymati 1 million shekelga (qariyb 230 ming yevroga) teng. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, bu amerikalik prodyuser Arnon Milchan va avstraliyalik tadbirkor Jeyms Pakerning noqonuniy sovg‘alari bo‘lgan.

Shuningdek, Netanyahu Isroilning muhim nashrlaridan biri bo‘lmish «Yediot Axronot» gazetasi o‘zi haqida ijobiy xabarlar tarqatishini istagan, buning evaziga boshqa gazetaning ta’sirini pasaytirishga tayyor bo‘lgan.

Isroil demokratiya instituti eksperti Yuval Shanining aytishicha, Netanyahu jinoiy ta’qibga qarshi parlament immunitetiga ega bo‘lish uchun 30 kun ichida ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Agar u poraxo‘rlikda aybdor deb topilsa, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Firibgar, korrupsioner, xoin»: Binyamin Netanyahuga ayblov e’lon qilindi