Foto: 7 yulduzli Maran Palace mehmonxonasi
Turkiyada 2020 yildan boshlab sayyohlar mehmonxonada turganlik uchun 2 foizlik soliq to‘laydigan bo‘ldilar. Bunday me’yor Turkiya prezidenti tomonidan imzolangan qonunda ko‘zda tutilgan.
Diken portalining ma’lum qilishicha, qonun kuchga kirgandan keyin birinchi bosqichda, ya’ni 2020 yil aprelidan yil oxirigacha 1 foizlik soliq undiriladi. Mehmonxonalar bu soliqni mijozlarning hisoblarida qolgan soliqlar qatorida aks ettirishlari kerak bo‘ladi.
Ushbu soliqni yashash uchun joy taqdim qiladigan barcha ob’ektlar, jumladan mehmonxonalar, motellar, apartamentlar, mehmonxona uylari va kempinglar undirishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, qonun mehmonxonadagi ob’ektlar: ko‘ngilochar bog‘lar, akvabog‘lar, restoranlar va shu kabilarga taalluqli bo‘ladi.
Soliqdan talabalar yotoqxonalari, o‘quvchilar uchun pansionlar va dam olish uylari ozod qilinadi. Shuningdek, ushbu soliq xorijiy vakolatxonalar diplomatlari, diplomatik maqomga ega boshqa shaxslar, Anqara bilan soliqdan ozod qilish haqidagi kelishuvga ega xalqaro tashkilotlar xodimlaridan undirilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi