Foto: U.S. Customs and Border Protection
AQSh chegara xizmati xodimlari Qo‘shma Shtatlar hududiga noqonuniy yo‘llar bilan kirishga uringan 11 nafar xitoylikni qo‘lga oldi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, chegarachilar Meksikadan Kaliforniya shtatidagi San-Diyego shahriga kirib kelayotgan yuk mashinasini to‘xtatgan. Uning ichida 11 nafar xitoylik migrant bo‘lib, ular turli uy jihozlari, jumladan, kir yuvish mashinasi, sandiq, javon ichiga yashiringan bo‘lgan.
AQSh bojxona-chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, migrantlarning hech biriga shikast yetmagan. Ularning barchasi qo‘lga olingan.
Yuk mashinasi haydovchisi 42 yoshli AQSh fuqarosi bo‘lib, u hibsga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi