Rossiyaning Mail.ru Group shirkati kelasi yili YouTube bilan raqobatlasha oladigan videoxostingini ishga tushiradi. Bu haqda shirkat bosh direktori Boris Dobrodeyev RBKga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Dobrodeyev hozircha yangi xizmat nomini ochiqlamadi. Uning fikricha, kompaniya shu paytga qadar foydalanuvchiga o‘zlari uchun kerakli kontent tanlash imkonini beradigan ijtimoiy xizmatlar taklif qilgan bo‘lsa, yangi xizmat orqali foydalanuvchilarga kompaniya kontentlar taqdim qiladi.
Foydalanuvchining qiziqishlariga qarab kontent taqdim qiladigan xizmat turi allaqachon ishga tushirilgan. Masalan, Mail.ru’ning shu yil taqdim qilgan “Puls” yangiliklar xizmati xuddi shunday tamoyil asosida ish olib boradi. U Internetda foydalanuvchining xatti-harakatini o‘qiydigan algoritmlardan foydalangan holda shaxsiy lentani hosil qiladi.
Dobrodeyevning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya xizmatni “o‘zining uslubida” taqdim etadi. Shu sababli u YouTube’ga asosiy raqobatchi bo‘lmaydi.
Mail.ru Group hozirda o‘z portali va elektron pochta xizmati, “Odnaklassniki” va “VKontakte”, ICQ va TamTam messenjerlariga, “Yula”, YouDrive, Delivery Club va boshqa xizmatlarga egalik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi