21:09 / 19.12.2019
2 616

Kashmirning bosh masjidi qayta ochildi

Kashmirning bosh masjidi qayta ochildi
Kecha, 18 dekabr kuni Srinagar shahridagi tarixiy Jome masjidi musulmonlar uchun qayta ochildi. Masjid 19 haftadan beri yopiq edi.

Hindiston hukumati 5 avgustda Kashmirni keng muxtoriyat maqomidan mahrum etib, bu yerda komendantlik soatini joriy etgandan keyin masjidning eshigiga qulf urilgan. Bundan avval esa masjidda har juma kuni butun Kashmirdan minglab musulmonlar yig‘ilardi.

The Hindu nashrining yozishicha, Jome masjidi vakili Shamsul Haq chorshanba kuni bu yerda peshin va asr namozlari o‘qilganini tasdiqlagan.
Mazkur masjid 2016 yilda ham bir muddat yopib qo‘yilgan edi. Bunday taqiqning sababi Hindiston hukumatining ko‘p sonli musulmonlarning bir joyda to‘planishidan qo‘rqishi ekani aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kashmirning bosh masjidi qayta ochildi