20:25 / 29.01.2020
3 832

Putinni «oliy hukmdor» deb atash taklifi berildi

Putinni «oliy hukmdor» deb atash taklifi berildi
Foto: «Reuters»
Prezident matbuot kotibining aytishicha, RF konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bilan shug‘ullanayotgan komissiyaga turli takliflar kelib tushmoqda. Xususan, prezident lavozimini «oliy hukmdor» deya qayta nomlash haqida. Kreml Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritib, prezident lavozimini «oliy hukmdor»ga qayta nomlash taklifi boshqa takliflar qatori ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

«UNIAN»ning RFdagi muxbiri yozishicha, bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan.
Peskovning aytishicha, davlat rahbari lavozimi qayta nomlanishi va «oliy hukmdor»ga o‘zgartirilishi g‘oyasi borasida prezident Vladimir Putin munosabat bildirmagan.

«Hozircha hammasi muhokama tartibida ketyapti, bu yangi g‘oya. Prezident Putin bu borada hech narsa demadi», — ta’kidladi Peskov.

«Muhokamalar davomida, komissiya ishi mobaynida (Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha) juda ko‘plab takliflar kelib tushadi, muhokamalardan maqsad ham shu — fikrlarni yig‘ish. Davlat rahbari o‘z tashabbusini ilgari surdi va endi, mutlaqo erkin tartibda komissiyaga qo‘shimcha xususiyatga ega munosabatlar kelib tushmoqda, muhokamalardan so‘ng, tabiiyki, bularning qaysi birlaridir inobatga olinadi, qaysi birlari esa yo‘q, komissiya faoliyatining natijasini shunda bilamiz. Hozircha munozaralar davom etmoqda», — qo‘shimcha qildi Dmitriy Peskov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinni «oliy hukmdor» deb atash taklifi berildi