Britaniyaning The Sunday Times nashri dunyoning eng yirik filantroplari ro‘yxatini e’lon qildi. Undan rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov ham o‘rin oldi, deb yozadi Kun.uz.
Nashrda keltirilishicha, 2014 yilda Alisher Usmonov xayriya maqsadlariga 71.2 mln funt sterling (108 mln dollar) sarflagan. Oligarxning aktivlari 9.8 mlrd funt sterlingga baholanmoqda. U reytingda 8-pog‘onani band etib, Rossiyaning eng yirik filantropi sifatida tan olindi.
Shuningdek, rossiyalik yana bir biznesmen, Evraz kompaniyasi va Chelsea futbol klubi xo‘jayinlaridan biri Roman Abramovich 13-o‘rinni egalladi. O‘tgan yili u xayriya ishlariga 45.8 mln funt sterling (69.7 mln dollar) ajratgan. Abramovichning boyligi 7.3 mlrd funt sterlingga baholangan.
Reytingda birinchi o‘rinni britaniyalik supermarketlar tarmog‘i egasi Lord Seynsberi egalladi. 2014 yilda u xayriya ishlariga 203.2 mln funt sterling yoki 309.4 mln dollar sarflagan. Uning qo‘lidagi mablag‘ 507 mln funt sterlingga teng.
Eslatib o‘tamiz, The Sunday Times Giving List saxovatpeshalar global reytingi Buyuk Britaniyaga ma’lum darajada aloqador bo‘lgan tijoratchilarning xayriya ishlari tahlili asosida tuziladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi