«Siz qanday kulasiz?” Psixologik test

  • 20 aprel 2016, 16:52
  • 9 749
  • Hayot tarzi
  • «Siz qanday kulasiz?” Psixologik test

    Insonni kulgusiga qarab uni fe’lini bilish mumkin. Sizni kulishga majbur qilgan suratni tanlang.

    1. Kulganingizda og‘zingizni qo‘lingiz bilan berkitasizmi? Agar shunday qilsangiz, siz o‘z kuchingizga etarlicha ishonmaysiz. Siz o‘zingizdan ikkilanasiz hamda chetda qolishni xohlaysiz. Bizning maslahat: o‘zingizni tanqiddan hamda ich-ichingizni qayg‘uga berilishidan asrang.

    2. Ko‘p hollarda kulayotganda boshni orqaga ko‘tarasizmi? Agar javob ha bo‘lsa, siz o‘ta ishonuvchan bo‘lib, saxiy tabiatli insonsiz. Ba’zida o‘z hissiyotlaringizga berilib kutilmagan ishlarga qo‘l urasiz. Bundan ko‘ra aqlga tayangan ma’qul.

    3. Kulayotganingizda yuzingiz yoki boshingizga qo‘lingizni tekkizasizmi? Agar shunday qilsangiz siz – xayolparastsiz. Bu albatta yomon emas, axir uddasidan chiqa olmaydigan ishlarni xayol qilish yaxshi emasmi? Hayotga real boqib, hayotiy muammolarni hal qiling. Mana shu bizni sizga beradigan maslahatimizdir.

    4. Kulayotganingizda burningizni burushtirasizmi? Agar shunday qilsangiz, sizning hislaringiz hamda qarashlaringiz tez va ko‘pincha o‘zgarib turadi. Siz hissiyotlarga beriluvchan va injiq insonlar toifasiga mansubdirsiz. Kayfiyatingiz tez o‘zgarishi nafaqat sizni o‘rab turgan insonlarga, balki o‘zingizga ham murakkablik tug‘diradi.

    5. Og‘zingizni ochib, baland kulasizmi? Agar shunday bo‘lsa, siz harakatchan hamda qiziqqon insonlar sirasiga kirasiz. Sizga vazminlik va o‘zingizni tutishni o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi.

    6. Astalik bilan kulayotganda boshingizni pastga egasizmi? Agar shunday qilsangiz, siz o‘ta vijdonli hamda mehribon insonlar toifasiga kirib, har qanday vaziyatga moslasha olasiz. Sizning hislaringiz va ishlaringiz hamisha nazoratingiz ostida bo‘ladi.

    7. Kulayotganingizda dahaningizni ushlaysizmi? Agar shunday qilsangiz, qanday yoshda bo‘lishingizdan qat’iy nazar siz fe’lingizda yoshlik xususiyatlaringizni saqlab qolgansiz. Shu sababli ko‘pincha ishlaringizni ko‘p o‘ylamasdan amalga oshirasiz.

    8. Kulayotganingizda ko‘zlaringizni yumasizmi? Agar javobingiz ha bo‘lsa, siz o‘zingizga ishonasiz, qat’iyatlisiz va aqlingizga tayanib ish ko‘radigan insonlar toifasiga kirasiz. Siz ishchansiz va talabchansiz. Ba’zi hollarda talabchanligingiz keragidan ortiq bo‘lsa – bunday hollarda o‘zingizga boshqa tomondan qarashga harakat qiling.

    9. Sizning o‘ziga xos kulish odatingiz bo‘lmasachi? Agar shunday bo‘lsa siz hamisha o‘z fikringizga tayanib ish qiluvchilar qatoriga kirasiz. Bu sizni o‘rab turgan insonlarga yoqmasligi ham mumkin.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Siz qanday kulasiz?” Psixologik test