07:36 / 11.02.2017
9 242

Urfdan qolgan manikyur trendlari

Urfdan qolgan manikyur trendlari

Ba’zi manikyur trendlari allaqachon urfdan qolishga ulgurdi. Quyida ana shunday manikyurlarni sanab o‘tamiz.

Yopishtiriladigan tirnoqlar

Bunday tirnoqlar allaqachon o‘tmishda qolganligiga qaramasdan, ba’zi kosmetika markalari qat’iylik bilan ularni chiqarishda davom etmoqda. Ularning turli-tuman ranglari va murakkab naqshlariga uchmaslikni tavsiya etamiz.

Sun’iy uzaytirilgan tirnoqlar

Yon-atrofdagilar akril yoki geldan ishlangan sun’iy tirnoqlarni haqiqiydek qabul qiladigan zamonlar allaqachon ortda qoldi. Tabiiylik urfda ekan, bu sun’iy tirnoqlar uchun zamonaviy uslubda joy yo‘qligini anglatadi. Endi tirnoqlarni mustahkam qilib, o‘stirishga yordam beruvchi turli vositalar asqotadi.

Tirnoqlar shaklining uchqurligi

Uzun, uchqur tirnoqlarning bir nechta kamchiliklari bor: ular kolgotkilarni yirtadi, istalgan qizni qo‘rqinchli filmlar qahramoniga o‘xshatib qo‘yadi. Tirnoqlarni aylana shaklga keltirishni tavsiya etamiz.

Tirnoqlardagi toshlar

Yangi yil oqshomidagi Qor parchasi bo‘lsangizgina tirnoqlardagi toshlar sizga yarashadi. Qolgan holatlarda tirnoqlarga sun’iy toshlar yopishtirish o‘rinsizdir. Ular yaltirab turishini istasangiz qishki kolleksiyalarda turli shakl, o‘lcham va rangdagi yaltiroqlarga ega laklar juda ko‘p.

Uycha, hayvon va gulchalar

Yoshingiz 12 da bo‘lmasa va ertaga ishga borishingiz kerak bo‘lsa, bolalarga xos naqshlardan voz kechishingiz kerak. Tirnoqlariga uycha, archalar, hayvonlar yoki gulchalar yopishtirgan buxgalter yoki marketologni boshqalar jiddiy qabul qilishi qiyin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Urfdan qolgan manikyur trendlari