15:09 / 15.04.2017
11 207

Piyoz nega yig‘lashga majbur qiladi?

Piyoz nega yig‘lashga majbur qiladi?
Piyoz jahonda eng ko‘p iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan biri. U nafaqat ovqatni mazali va foydali qiladi, shu bilan birga, davolash xususiyatiga ega bo‘lgan kuchli vositadir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti piyozni efir moyi, vitamin S, V, V2, V qandlar, fitin, azotli birikmalar, oz miqdorda yod, fitonsidlar, flavonoidlar va boshqa moddalarga boy mahsulot deb baholab, nafas yo‘llari infeksiyalari, tumov, shamollash, bronxit kabi xastaliklarga eng yaxshi davo deb e’tirof etgan. Uning bargi tarkibida esa vitamin S, V2, karotin, efir moyi, qandlar, fitonsidlar hamda organik kislotalar bor.

Ruslarning qadimda yozilgan “Shifobaxsh giyohlar” kitobida piyoz haqida quyidagi so‘zlarni o‘qish mumkin: “…Mabodo yurtingizda yuqumli kasalliklar tarqab ketsa, uy xonalariga bosh piyozlarni osib qo‘ying. Shunda dargohingizga havodan tarqaydigan kasalliklar kira olmaydi, xonangizning havosi pokiza bo‘ladi”.

Mazkur tavsiyaga har doim amal qilish esa juda foydali. Agar kechki paytda piyozni to‘rt qismga bo‘lib, uni uyning yoki xonaning har eriga qo‘yib chiqsangiz, gripp viruslari oilangizga tahdid qila olmaydi.

Piyoz havodagi mikroblarni o‘ziga so‘rib, ularni zararsizlantiradi va odamning tanasiga kirishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, piyozning bu xususiyati uning vitaminlarga boy tarkibi bilan bog‘liq. Ya’ni, uning tarkibidagi oltingugurt bilan birikuvchi sulfidlar, organik kislotalar juda foydalidir. Ayni shu moddalar piyozni archganda bizni “yig‘lash”ga majbur qiladi. Piyoz bo‘laklari har joyga qo‘yilsa, mazkur moddalar havoga ko‘tarilib, uyni dezinfeksiya qiladi.

Piyoz va sarimsoq piyozlarni teshikchali qog‘oz paketlarda saqlang. O‘shanda ular mog‘or bosmasdan, kamida 2 oy davomida yangidek turadi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Piyoz nega yig‘lashga majbur qiladi?