AQShdagi Xaylends universiteti olimlari piyoda yurishning yangi foydali xususiyatini kashf qildilar. Bu haqda “EurekAlert”ga tayanib “Qalampir.uz” xabar berdi.
Ularning aniqlashlaricha, piyoda yurish natijasida bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, bu esa o‘z navbatida xotira hamda bilim olish qobiliyatining yaxshilanishiga sabab bo‘ladi. Bunday effekt yugurishdagi effektdan kuchsizroq bo‘lsa-da, biroq velosipedda yurishdan kuchliroqdir.
Tadqiqot mualliflari 12 nafar sog‘lom ko‘ngilli yoshni kuzatishlari natijasida shunday xulosaga keldilar. Ko‘ngillilar vertikal holatda soniyasiga bir metr doimiy tezlikda harakatda bo‘ldilar. Bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi ultratovush yordamida tekshirib turildi.
Shuningdek, amerikalik olimlar o‘rta yoshdagi jismoniy faollik 20 yoshdan keyin bosh miya hajmining kamayishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatib o‘tgan edilar. Ispaniyalik olimlar ham o‘z navbatida Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar ichida Shvesiya, Daniya va Finlyandiyada jismoniy faollik yuqori ko‘rsatkichga ega ekanini aniqladilar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi