Ko‘pchilik odamlar uchun erta turish har doim juda mashaqqatli kechadi. Eng boshida bog‘chaga, keyin maktabga, keyin universitetga va keyin esa ishga erta uyg‘onish zaruriyatini eslang. Xuddi butun umr la’nati budilnik dam olishga qo‘ymasdan orqamizdan quvib yurgandek.
Lekin aslida, erta turish — tashvish emas, balki baxt. Erta turishga odatlangan odam o‘zini yanada muvaffaqiyatliroq, sermahsulroq sezadi va ko‘proq narsalarni qilishga ulgurishi mumkin.
Biz siz uchun ertalab soat 4 da uyg‘onishga va muvaffaqiyatli odam bo‘lishga yordam beradigan bir necha maslahatlarni to‘pladik.
Bu nima uchun kerak?
Aslini olganda, o‘zingiz uchun bu savolga aniq javob topmaguningizcha erta tura olmaysiz.
Aniq maqsadingiz bo‘lsa va nimani nima uchun qilish kerakligini aniq bilsangiz, muammosiz ertalab soat 4 da tura olasiz.
Bu nima uchun muhim?
E’tibor qaratish va mahsuldorlik — har qanday odamning yuksalishi uchun zaruriy shartlar. Afsuski, aynan ular o‘sish uchun eng qiyin sifatlar hisoblanadi. Erta turishlar sizni intizomga, u esa o‘z navbatida moslashib olishga o‘rgatadi. Bu ikki malaka bilan siz ko‘zlagan maqsadingizga bemalol erishasiz.
Ertalab nima qilish kerak?
Rejalashtirish — yangi tartibda faoliyat ko‘rsatishga o‘tishning muhim qismi. Ertalab uchun qat’iy va aniq jadval tuzing: qachon turasiz, avval nima qilasiz — mashq, yoki yuvinish, qaysi ishlar birinchi o‘rinda, qaysilarini esa keyinga qoldirish mumkin.
Sekin, lekin ishonchli
Yangi tartibga darrov o‘tishga urinmang. Agar siz bir necha yillar davomida kech soat 1 da yotgan va ertalab soat 9 da turgan bo‘lsangiz, birdan tartibingizni o‘zgartirish oson bo‘lmaydi.
Asta-sekinlik bilan o‘zingizni yangi tartibga o‘rgatib boring: har kuni 10-15 daqiqadan ertaroq turishga odatlaning.
Manba: Daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi