00:16 / 24.09.2018
6 934

Munajjimlar bashorati: 24 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 24 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?
QOʻY (21. 03 — 20. 04)

Yulduzlar bugun sizga tasavvuringizga ham sigʻmas darajada qimmatbaho lahzalarni hadya etishmoqchi. Katta-kichik ishlaringiz baravar oʻngidan kela boshlaganda, buni oʻzingiz ham chuqur his eta boshlaysiz. Agar suyukli insoningiz bilan orangizda qorongʻulik yuzaga kelgan boʻlsa, bugundan yarash onlarini kutsangiz yarashadi. Asosiysi, xotirjamlikka eʼtibor qarating. Kunning ikkinchi yarmida moddiy ahvolingiz yaxshilanishi kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

24 sentyabrda mundoq olib qaraganda, ishlaringiz yaxshidek tuyuladi. Asabiylashmayapsiz, hech kim asabingizni buzmayapti. Ammo moddiy ahvolingiz achinarli holatda ekanini darrov koʻra qolmaysiz. Shaxsiy hayotda ham omad sizdan yuz oʻgirishga shaylangan boʻlishi mumkin. Bunga dangasalik sababchi boʻlishi tayin. Shuning uchun vujudingizda bor gʻayratni bir nuqtaga toʻplab, muammolarni bartaraf etishga astoydil kirishing. Oqimga qarshi suzmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

Bugun harakat, uddaburonlik, kuchli emotsiya sizga hamrohlik qilishi kutilmoqda. Omad va daromad shundoq yoʻlingizda turibdi. Faqat orangizni quyuq tuman qoplagan. Tumanni yoʻq qilishingiz kerak xolos. Shaxsiy biznesda muvaffaqiyatsizlikka uchragan boʻlsangiz, badavlat tanishlarni ishga solib boʻlsa ham bu muammoni hal qiling. Muhabbatda yuqori choʻqqilar sari talpinishni bas qiling. Har ishning oʻz vaqt-soati bor.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)

24 sentyabr kuni tafakkurning xohishiga boʻyin egishingiz kerak. Uning joʻshqin sadosini boʻgʻishga urinmang. Oʻzingizga ziyon qilasiz. Moliyaviy muammolar kun davomida albatta ijobiy hal boʻladi. Bu haqda behuda qaygʻurib asabni buzmasangiz ham boʻladi. Siz bugun nafaqat moʻmay daromad egasi boʻlasiz, balki kelajakda qilishingiz lozim boʻlgan ishlar uchun ham avans sifatida haq olasiz. Kechqurun oilasizlar romantik uchrashuvdan umid qilaversinlar. Bugungi tun sizniki!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

Yulduzlar bugun yaqin oʻtmishga ham, kelajakka ham intilib, talpinmaslikni, faqat bugungi kun bilan yashashingizni maslahat beradi. Pul, ish, xursandchilik, sokinlik, xotirjamlik kun davomida sizni taʼqib etishi kutilmoqda. Muhabbatda ham huda-behuda qaygʻuga botavermasligingiz tavsiya qilinadi. Aks holda juftingiz yo boʻlgʻusi juftingiz bilan munosabatlaringizga putur yetadi, balki sogʻligʻingizdan ham ayrilib qolishingiz hech gap emas.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

24 sentyabr kuni tadbirkorlar biznesni takomillashtirish bobida yangi loyihalarni yaratishga harakat qilishlari kerak. Bu sizni oʻylanishga, izlanishga, asabiylashishga majbur etishi mumkin. Ammo xuddi shunday lahzalargina sizga omad kalitini tutqaza oladi. Moliyaviy masalada qattiqqoʻllik va tejamkorlik zarur boʻladi. Bugun surunkali xastalikka yoʻliqqanlar koʻproq oʻzlari uchun qaygʻurishlari kerak. Ayniqsa, tunda ovqatlanish odatingizdan voz kecha olsangiz, oʻzingizga yaxshi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

Yulduzlar buguningiz ancha ogʻir kechishini bashorat qilgan. Biroq bu professional kasbingiz bilan bogʻliq ishda emas, muhabbatda koʻzga tashlanadi. Oilalilar juftining yetakchilikka boʻlgan havasidan kuya boshlaydi. Agar shunday ogʻir lahzalardan oʻta olsangiz, oshigʻingiz olchi deyavering. Bugun kashandalik, ichkilik balosidan voz kechish xayrli va mustahkam kechadi.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)

24 sentyabrda atrofingizga yigʻilgan koʻngli qoralar xavfidan saqlanish payida boʻling. Ular sizning soddadilligingizdan oʻz manfaati yoʻlida unumli foydalanib qolishni moʻljallagan boʻlishi mumkin. Hatto, oʻzingizga yaqin doʻst tutinganlar bilan muloqotda ham vaziyatni ziyraklik bilan baholashga harakat qiling. Kechqurun qon-qardoshlar qurshovida qolib, ular mehri va eʼtiboridan bahra olishingiz kutiladi.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)

Bugun ertalabdanoq oʻz istaklaringizni haqiqatga aylantirish harakatida boʻling. Ular sizda judayam koʻp. Barakasini bersin. Ishoning, bugun ertaklardagi “oltin baliq” faqat sizning amringizga muntazir. Uni mahkam tuting-u, hech qachon qoʻyib yubormang. Moliyaviy muammolarni eski usullarga suyangan holda ham ijobiy hal etsangiz boʻladi. Kechki payt xizmat safariga joʻnashingizga toʻgʻri kelishi mumkin. Bu safar sizga moddiy manfaat olib kelishini unutmang.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)

24 sentyabr kuni ishxonangizda siz kutgan yoqimli lahzalar maʼlum muddat ortga chekinishi mumkin. Siz hamkasblar va rahbarlarga haqligingizni isbotlashga urinib charchaysiz. Faqat bahslar haddan oshmasligi lozim. Agar imkon topilsa, bunday lahzalarni chetlab oʻtsangiz ham boʻladi. Chunki bunday taktika aksar hollarda ish beradi. Kechqurun velosipedingiz boʻlsa, albatta sayrga chiqing. Hayotdagi ortiqcha noqulayliklarga eʼtibor qilmang.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)

Siz bugun faqat qarshingizda bor ishlarni amalga oshiring. Yangiliklar oʻylab topish, yoki ogʻirroq boʻlsa ham daromadi koʻp ishlarga talpinib ovora boʻlmang. Muhabbatda oila qurishga ulgurmaganlar boʻlgʻusi juftiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishlari kerak. Kechqurun sportning hech qaysi turi bilan shugʻullanmang. Jismoniy zoʻriqishlar organizmingizni toliqtirib qoʻyishi mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

24 sentyabrda ish joyingizda oʻta talabchan xodimga aylanasiz. Ammo bu hamkasblarning ayrimlariga yoqib tushmasligi tayin. Moddiy ahvolingizni yaxshilashda kun davomida qondoshlardan biri koʻmaklashib yuboradi. Agar yoqimli xaridlar qilishni moʻljallagan boʻlsangiz, bu ishni kechqurun amalga oshiring. Bahonada koʻproq piyoda yoʻl bosasiz. Salomatlik mustahkamlanadi. Oʻzingizni ehtiyot qiling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 24 sentyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni vaʼda qilmoqda?