“Oxiri ketish bo‘lgan dunyo uchun mahzun bo‘lma!”

  • 4-12-2018, 19:33
  • 1 699
  • Hayot tarzi
  • “Oxiri ketish bo‘lgan dunyo uchun mahzun bo‘lma!”
    Bir a’robiyga aytildi: “Bitmaydigan jarohat nima?” A’robiy dedi: “Oliyjanob insonning pastkash kimsaga hojati tushishi va pastkashning unga rad javobini berishidir”. Unga yana aytildi: “Xorlik nima?” U dedi: “Sharafli insonning pastkashning eshigi yonida turishi va unga kirishga izn berilmasligidir”.

    Besh kishiga yaqinlashish saodatga sabab bo‘ladi. Bular: ota-onasiga yaxshilik qiluvchi o‘g‘il, soliha juft, vafodor do‘st, mo‘min qo‘shni, faqih olim.

    Uzoq va mashaqqatli ish kunidan keyin uyga issiq non to‘la xalta bilan qaytish kishining faxrlanishi uchun yetarlidir.

    Oxiri ketish bo‘lgan dunyo uchun mahzun bo‘lma!

    Shunday shaxslar borki, ularning ko‘nglini topishing uchun seni mingta niqob kiyishga undaydi. Shunday shaxslar borki, sendagi barcha niqoblarni yechtirib, seni boringcha sevadi.

    Do‘stlar suvga o‘xshaydi. Hamma suv ham ichishga yaroqli emas.

    “Ulug‘lik vasvasasi (paranoyya)” bilan og‘rigan odam atrofidagi hammani xizmatkor deb o‘ylaydi.

    Kim tajriba qudug‘idan suv ichmagan bo‘lsa, jaholat dengizlarida tashnalikdan o‘lib ketadi.

    Agar inson rizqidan qochib shamolga minsa, rizqi unga yetib olish uchun chaqmoqqa minadi.

    Sen haqingda aytilayotgan gaplarga e’tibor berma! Kimligingni, qanaqaligingni o‘zing bilasan. Alloh sening ahvolingni, niyatingni biluvchiroqdir. Qilgan ishlaringni oqlashga urinib, qiymatingni tushirma. Hayotda muvaffaqiyatsizlikning siri – hammani rozi qilishga urinishdir.

    Birov senga ishongan paytda hech qachon unga xiyonat qilma, uni aldama! Sher o‘kirib, na’ra tortgani uchun o‘rmon shohiga aylanmadi. Balki u g‘ururli. U har qancha och bo‘lsa ham hech qachon birovning o‘ljasiga tashlanmaydi.

    Hamma narsa o‘zgarganda ham hech qachon o‘zgarmaydigan haqiqiy, sobit muhabbat onaning muhabbatidir!
    Ey Robbim! O‘tayotgan har bir daqiqada onam uchun berkilmas rizq va rad etilmas duo eshigini ochgin!

    Boshqalar sening fikrlaringni to‘la anglay olmasliklariga aniq ishonganing lahzalarda sukutdan afzalroq narsa bo‘lmaydi.

    Kishi to onasi vafot etgunicha go‘dakligicha qoladi. Agar onasi vafot etsa, o‘sha zahoti keksaga aylanadi.

    Yutuqqa erishgan paytda jim turishing – ishonch.
    G‘azab paytida jim turishing – quvvat.
    Ish paytida jim turishing – ijod.
    Seni masxara qilayotganlarida jim turishing – mensimaslik, e’tibor bermaslik.
    Nasihat paytida jim turishing – odob.
    Mahzunlik, musibat paytida jim turishing – sabr.

    Jim turish doim ham rozilik alomati bo‘lavermaydi. Gohida aytmoqchi bo‘lgan gapimizni tushuntirishga qiynalgan paytimizda ham jim turamiz.

    Eng ko‘p og‘riq beradigan narsa – kimdir senga oshkora zulm qilib, keyin sendan maxfiy ravishda uzr so‘rashidir.

    Allohning eng katta ne’matlaridan biri tongni ofiyatda kutib olib, kunni ofiyatda kech qilishingdir. Bu shunday ne’matki, uni faqat ofiyatini yo‘qotganlargina idrok qiladilar. Ofiyat ne’matini bergani uchun Allohga hamdlar bo‘lsin!

    Uch narsa sening hayotga bo‘lgan qarashingni o‘zgartiradi:
    Bemorlik.
    Musofirlik.
    Yaqin kishingni yo‘qotish.

    Uchta narsani: oilangni, qalbingni va qadringni hech qachon qurbon qilma.

    Ayol kabi fazl bo‘lgan ne’matni ko‘rmadim. Go‘dakligida otasini jannatga kirishiga sabab bo‘ladi. Balog‘atga yetib, turmushga chiqqanda erining dinining yarmini to‘ldiradi. Ona bo‘lganda farzandlari uchun jannat uning oyoqlari ostida bo‘ladi.
    Nozimjon HOShIMJON

    Manba: qadriyat.uz

    » » “Oxiri ketish bo‘lgan dunyo uchun mahzun bo‘lma!”