Foto: YouTube / Science and more
Xalqaro olimlar guruhi JARning Yoxannesburg shahri yaqinidagi Sterkfonteyn g‘orida topilgan oliy primat qoldiqlari avstralopiteklarning yangi turi — Australopithecus Prometheus’ga tegishli ekanligini aniqladi. Bu haqda Daryo xabar berdi.
Avstralopiteklar birinchi marta 1924 yilda Janubiy Afrikada topilgan. Avstraliyalik anatomist Reymond Dart ularni Australopithecus Africanus turiga kiritgan. Ularning o‘ziga xosligi ikki oyoqda harakatlana olish qobiliyati bo‘lgan. Katta avstralopiteklar 1936 yilda Sterkfonteyn g‘orida topilgan. Tosh qotgan qoldiqlarning aksariyat qismi o‘sha turga kiritilgan, biroq olimlar qoldiqlarning bir qismi boshqa turga — Australopithecus Prometheus’ga taalluqli ekanligini taxmin qilgan.
1990 yillarning o‘rtalarida Australopithecus Prometheus’ga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan avstralopitekning deyarli to‘liq skeleti — StW 573 topilgan. Yoshi 3,67 million yil deb hisoblanadigan skelet «Kichik oyoq» deb nomlangan.
Tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, StW 573 bosh suyagi avstralopiteklarning boshqa turlari bosh suyaklariga o‘xshash bo‘lgan. U daraxtga chiqa olgan, biroq boshqa turlar kabi chaqqon bo‘lmagan. Shu bilan birga, oyoqlari qo‘llaridan uzun bo‘lgan StW 573 katta masofaga yura olgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi