20:50 / 28.03.2019
5 364

Olimlar achchiq taʼmli ovqatlar va qalampir inson uchun foydali ekanini maʼlum qilishdi

Olimlar achchiq taʼmli ovqatlar va qalampir inson uchun foydali ekanini maʼlum qilishdi
Qizil qalampirni muntazam isteʼmol qiluvchi kishilar kam hollarda yurak-qon tomir, nafas olish tizimi va xatarli oʻsimtalar muammolariga duch kelishadi, deb yozadi “Sof.uz”.

Garvard universiteti sogʻliqni saqlash maktabi va Brigam ayollar kasalxonasi olimlari yetti yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan qariyb yarim million kishining hayot tarzini kuzatishadi.

Olimlar xulosasiga koʻra, achchiq taʼmli ovqatni xush koʻruvchilar boshqalarga qaraganda 12-14 foizga koʻproq umr koʻrishadi. Achchiq qalampirni isteʼmol qilishlarini aytgan kishilar qator kasalliklardan kamroq vafot etishgan.

Shuningdek, professor Gennadiy Onishenko ham chili qalampiri tarafdori. U mayda qalampir boʻlaklarini limon sharbati bilan har kuni ichishga harakat qilishini aytgan. U buni organizm uchun katta foydasi borligi taʼkidlagan. Uning soʻzlariga koʻra, bu kuch baxsh etuvchi va kayfiyatni koʻtaruvchi endorfin gormonini ishlab chiqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar achchiq taʼmli ovqatlar va qalampir inson uchun foydali ekanini maʼlum qilishdi