Avstraliyalik olimlar tuxumning muntazam iste’mol qilinishi yoshga bog‘liq makulyar degeneratsiyaga uchramaslikda yordam berishini isbotlashdi. Aynan ushbu nuqson 50 yoshdan katta odamlarning ko‘rish qobiliyatini yo‘qotishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Tadqiqotchilar 15 yil davomida 3654 kishining salomatligi ortidan kuzatuv olib borishgan. Natijada ular haftasiga 2 tadan 4 tagacha tuxum iste’mol qilgan odamlarda haftasiga bittadan kam tuxum iste’mol qilganlarga nisbatan makulyar degeneratsiya 49 foizga kamroq uchrashini aniqlashgan. Olimlarning fikricha, bu tuxumlardagi lyutein va zeaksantin karotinoidlari bilan bog‘langan, aynan shu birikmalar kasallikning avj olishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Lyutein va zeaksantin ko‘z to‘r pardasida saqlanadi. Epiteliy pigmenti, rangdor parda, siliar tana, ko‘zning tomir pardasi va gavharida ham ushbu birikmalar mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi