18:53 / 14.12.2019
3 144

Olimlar uyqusizlikni keltirib chiqaradigan mahsulotlarni ma’lum qilishdi

Olimlar uyqusizlikni keltirib chiqaradigan mahsulotlarni ma’lum qilishdi
Tozalangan uglevodlar miqdori yuqori bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish uyqusizlik xatarini oshiradi. Kolumbiya universiteti huzuridagi shifokorlar va jarrohlar kolleji tadqiqotchilari xuddi shunday xulosaga kelishdi, deb xabar qilmoqda MedicalXpress.

Ilmiy ish mualliflari klimaks holatini boshdan kechirayotgan 50 mingdan ortiq ayollar tomonidan taqdim etilgan ovqatlanish ratsioni to‘g‘risidagi ma’lumotlarini tahlil qilishgan. Ular xulosalariga ko‘ra, shakar, oq non va guruch qondagi shakar tarkibini oshirar va bu uyqusizlik kelib chiqishining sabablaridan biri hisoblanar ekan.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, organizm qondagi shakar miqdorini kamaytirish uchun insulin ishlab chiqaradi. Bu esa organizmda gormonlar miqdori, shu jumladan, adrenalik va kortizol oshishiga olib kelishi mumkin. Aynan shunday holat uyqu me’yori buzilishiga sabab bo‘ladi.

Olimlar ovqatlanish ratsioniga meva va sabzavotlarni kiritishni maslahat berishmoqda, chunki ular uyquga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar uyqusizlikni keltirib chiqaradigan mahsulotlarni ma’lum qilishdi