date

Rossiya Eronga yordam yuborishni boshladi

Rossiya Eronga yordam yuborishni boshladi

Eron Rossiya va boshqa do‘st davlatlardan insonparvarlik yordami so‘rab murojaat qilgan va uni yetkazib berish ishlari allaqachon yo‘lga qo‘yilgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili brifingda ta’kidlashicha, mamlakatda ko‘plab shifoxonalar va tez yordam punktlari vayron qilingan, shuningdek yaralanganlar soni, ayniqsa ayollar va bolalar orasida ham ko‘pligi sabab Eron tomoni do‘st davlatlardan dori-darmon yuborishni so‘ragan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin topshirig‘iga asosan Rossiyadan Eron aholisi uchun zarur insonparvarlik yordami tashkil etilmoqda.

12 mart kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Eron aholisi uchun 13 tonnadan ziyod dori-darmon yuborilishini e’lon qildi. Yuk Il‑76 harbiy-transport samolyoti orqali Ozarbayjonga olib ketiladi va u yerdan Eron vakillariga topshiriladi.

Qayd etish joiz, AQSH va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy harakat boshlagan. Bunga javoban Eron Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy bazalari va neft tankerlariga zarbalar bermoqda.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 8 mart holatiga mamlakatda harbiy harakatlar boshlanganidan beri 1200 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Eronga yordam yuborishni boshladi