Eronning rahbari Mojtaba Xomanaiyning sog‘ligi haqida ma’lumot berildi

Eronning oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy “barqaror sog‘liqda” va “vaziyatni to‘liq kuzatib turibdi”, — deya ma’lum qildi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy.
Mojtaba Xomanaiy 8 mart kuni lavozimga tayinlanganidan buyon omma oldida ko‘rinmagan. 12 mart kuni uning xalqqa yo‘llagan ilk murojaati matni Eron davlat televideniyasi diktori tomonidan o‘qib eshittirildi.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning yangi oliy rahbari hali tirik ekaniga shubha bildirgan edi. Ayrim xabarlarga ko‘ra, Xomanaiy uning otasi — ayatolla Ali Xomanaiy va oila a’zolari halok bo‘lgan hujum paytida jarohatlangan bo‘lishi mumkin. Ammo bu ma’lumotlar hali tasdiqlanmagan.
Juma kuni AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset Mojtaba Xomanaiy “yaralangan va ehtimol og‘ir jarohat olgan” bo‘lishi mumkinligini aytgan.