Ukrainaning «Naftogaz» kompaniyasi Xitoydan 3,6 milliard dollar qarz oladi

  • 26 fevral 2015, 14:33
  • 4 527
  • Iqtisodiyot
  • Ukrainaning «Naftogaz» kompaniyasi Xitoydan 3,6 milliard dollar qarz oladi

    Ukrainaning «Naftogaz» kompaniyasi Xitoy milliy bankidan 3,6 milliard dollar miqdorida kredit oladi, deb xabar berdi ZN.UA portali.

    Ta’kidlanishicha, Xitoy Milliy banki «Naftogaz»ga hukumat kafolatlari ostida qarz berishga rozi bo‘lgan.

    Kreditning 60 foizga yaqini Xitoyda ishlab chiqarilgan asbob-uskunalarni sotib olish uchun, qolgan 40 foizi esa mashinasozlik sohasi samaradorligini oshirish uchun sarflanadi.

    Avvalroq, Rossiya energetika vazirligi «Naftogaz Ukraina» kompaniyasidan Bryussel kelishuvlari doirasida gaz uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishini kutayotganligi xabar berilgandi.

    Manba: www.kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Ukrainaning «Naftogaz» kompaniyasi Xitoydan 3,6 milliard dollar qarz oladi