O‘zbekiston va Rossiya “Yashil yo‘lagi" noyabrda ishga tushadi

  • 08 noyabr 2016, 17:06
  • 4 999
  • Iqtisodiyot
  • O‘zbekiston va Rossiya “Yashil yo‘lagi" noyabrda ishga tushadi

    O‘zbekiston va Rossiya noyabr oyi oxiriga qadar “Yashil yo‘lak” tizimi tashkil qilish borasidagi shartnomalarni imzolashi kerak. Bu haqda bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan meva-sabzavot yarmarkasi davomida bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov ma’lum qilgan.

    Sputnik agentligi xabariga ko‘ra, ushbu tashabbus O‘zbekistondan Rossiyaga olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini bojxona va fitosanitar nazoratdan o‘tkazish jarayonini osonlashtirishi va tezlashtirishi ko‘zda tutilgan.

    “Rossiya Federasiyasi hukumati bilan hamkorlikda biz “yashil yo‘lak” loyihasini amalga oshirmoqdamiz. Ushbu tizim O‘zbekistonda etishtirilayotgan ho‘l va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiyaning turli hududlaridagi xaridorlarga etkizib berish jarayonini tezlashtirib mahsulot hajmini oshirishi kerak”, — degan Ro‘ziqulov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyining oxiriga qadar ushbu loyiha borasida kerakli hujjatlar imzolanishi kerak. Rossiya bozorida O‘zbekistonning asosiy hamkorlari sifatida "Sibirskiy alyans", "Magnit", "Perekrestok", "Agrolayn" va X5 Retail Group korxonalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

    “Oxirgi yillarda O‘zbekistondan Rossiya va qo‘shni mamlakatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri etkizib berilayotgan meva-sabzavotlar hajmi 3 baravar oshdi. Taqqoslash uchun, Janubiy Koreyaga – 5 baravar, BAAga – 1,8 baravar, Germaniyaga – 1,6 baravar.

    Yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistondan meva-sabzavot eksporti hajmi 1,4 baravar oshishi kutilmoqda”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

    Ro‘ziqulovning aytishicha, 2016 yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston 700 ming tonna qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qildi. Yil oxiriga qadar ushbu ko‘rsatkich 1 million tonnaga etkizilishi kutilmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning 9 oyida O‘zbekistonda 2,3 million tonna kartoshka, 8,2 million tonna boshqa sabzavotlar, 1,5 million tonna poliz mahsulotlari, 1,2 million tonnadan ortiq uzum va 2 million tonnadan ortiq boshqa mevalar etishtirildi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston va Rossiya “Yashil yo‘lagi" noyabrda ishga tushadi